ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI DELEGATSIYASI PORTO UNIVERSITETIDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI DELEGATSIYASI PORTO UNIVERSITETIDA

15:25 16.09.2025

Ayni damda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov Portugaliya davlatining Porto universitetida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Ma’lumot o‘rnida, dunyo reytingida Top 300 talikdan o‘rin olgan mazkur universitetda talabalar soni 54500 nafarni tashkil etadi.

Andijon davlat tibbiyot instituti delegatsiyasini Porto universiteti rektori, professor Antonio de Sousa Pereyra va Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor, professor Joanna Karvalxoyliq kutib olishdi.

Delegatsiya a’zolari dastlab universitet bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng har ikki oliy ta’lim muassasasi vakillari o‘rtasida muzokaralar olib borildi. Unda asosan:

➡️o‘quv-uslubiy dasturlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
➡️akademik va talabalar almashinuvi;
➡️ilmiy xodimlar malakasini oshirish;
➡️ilmiy hamkorliklarni mustahkamlash;
➡️qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
➡️xalqaro konferensiyalarni o‘tkazish;
➡️PhD dissertatsiyalarini himoya qilish;
➡️magistrlar almashinuvini yanada rivojlantirish;
➡️davolash ishlaridagi hamkorliklarni takomillashtirish borasida kelishib olindi.

Muzokaralar davomida har ikki oliy ta’lim muassasasidagi o‘quv jarayonlari va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hamkorliklar borasida fikrlar almashildi hamda amaliy ishlar bardavom bo‘lishiga umid bildirildi.

Skip to content