Andijon davlat tibbiyot instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori hamda “2024-yilda doktorantura va tayanch doktoranturada davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga birinchi bosqichga qabul rejasining O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalar taqsimoti”ga muvofiq doktorantura va tayanch doktoranturaga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi:
№ | Muassasa nomi | Ixtisoslik shifri | Ixtisoslik nomi | Doktorantura turi | Ajratilgan kvota |
1 | Andijon davlat tibbiyot instituti | 14.00.01 | Akusherlik va ginekologiya | Tayanch doktorantura | 3 |
14.00.08 | Oftalmologiya | Tayanch doktorantura | 3 | ||
14.00.13 | Nevrologiya | Tayanch doktorantura | 2 | ||
14.00.21 | Stomatologiya | Tayanch doktorantura | 1 | ||
14.00.27 | Xirurgiya | Doktorantura
Tayanch doktorantura |
1
2 |
||
14.00.38 | Sport tibbiyoti | Maqsadli tayanch doktorantura | 2 |
Doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.
- chet tilidan B2 darajadan past bo‘lmagan xalqaro malaka sertifikatlari
Tayanch doktoranturaga o‘qishga kirish uchun talabgorlar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (3.4 shakl), shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
- chet tilidan B2 darajadan past bo‘lmagan xalqaro malaka sertifikatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun suhbat 2023-yil 1 — 25-noyabr davrida o‘tkaziladi.
Hujjatlar (pdf) shaklida tayyorlanib 2023-yil 15-oktabrga qadar Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda qabul qilinadi.