Andijon davlat tibbiyot instituti dotsenti S.Salahidinov S.P.Botkin nomidagi klinik shifoxonada malaka oshirib keldi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti umumiy jarrohlik kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Sarvarbek Salahidinov Rossiya Federatsiyasi tibbiyot akademiyasining taklifnomasiga asosan malaka oshirish maqsadida shu yilning 4-noyabridan 5-dekabriga qadar xizmat safarida bo`lib qaytdi.

Moskva shahridagi S.P.Botkin nomidagi klinik shifoxonada 1 oy davomida«Ko`krakqafasi, qorin va kichik chanoq bo`shligi azolari diagnostikasi va operativ endovideoxirurgiyasi» mavzusida jarrohlikda zamonaviy tibbiy texnologiyalarni qo`llash, jumladan laparoskopiya, torakoskopiya, da Vinci. Si – jarrohlik sistemasini bevosita qo`llash jarayonida, yuqori zamonaviy-texnologik ta`minlanganlik darajasidagi tibbiy simulyatsion markazda,  yuqori texnologik operatsiya jarayonlarida, Moskva shahri jarrohlar jamiyatining 2746-yigilishida, ma`ruza va seminar mashgulotlarida qatnashib o`z bilim va ko`nikmalarini boyitdi.

Shu bilan birgalikda o`zaro hamkorlik masalalari ham ko`rib chiqilib, tajriba va malaka almashish maqsadida Sarvarbek Salahidinov xirurgik kafedra xodimlariga «Abdominal shikastlanish» va «Oshqozon-ichak yo`llaridan qon ketish» mavzusida ma`ruza o`qib eshittirdi. Ma`ruzalar tinglovchilar tomonidan yuqori qiziqish bilan qa’bul qilindi va baholandi.

176