Bugun, 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning tug‘ilgan kuni mamlakatimizda keng nishonlanmoqda.
Respublikamiz mustaqilligiga asos solib, 25 yil mobaynida mamlakatni boshqargan buyuk davlat arbobi, odil siyosatchi, xalqparvar inson, yurt otasining yodi hamisha qalbimizda.
Bugun O‘zbekistonning barcha hududlarida- shahar va tumanlarda, mahallalarda, turli davlat tashkilotlarida, ta’lim muassasalarida xalqimiz o‘zining Birinchi Yurtboshisini xotirlamoqda.
Ana shu munosabat bilan Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov rahbarligidagi bir guruh professor-o‘qituvchilar va talabalar Islom Karimov nomidagi Asaka avtomobil zavodiga tashrif buyurdilar.
ADTI jamoasi bu yerda Birinchi Prezidentimizning tavallud topgan kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan xotirlash tadbirida ishtirok etib, uning haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydilar va millat otasining xotirasiga yuksak hurmat bajo keltirdilar. Uning mustaqil yurtimiz taraqqiyoti,ravnaqi, gullab-yashnashi, xalqning tinch va farovon hayoti yo‘lida olib borgan ezgu ishlarini yodga oldilar.
ADTI matbuot xizmati.