Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasining 2022-yil 18-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqotida bildirgan fikrlaridan kelib chiqib, “Taʼlim va tibbiyotni korrupsiyasiz sohaga aylantiramiz!” shiori ostida taʼlim va tibbiyot sohasi xodimlariga yoʻllagan MUROJAATI

21:58 19.03.2022

Qadrli hamkasblar!

Davlatimiz rahbari soha vakillari bilan oʻtkazgan ochiq muloqotda dolzarb masalalarga eʼtibor qaratdi. Shundan kelib chiqib, oliy taʼlim va tibbiyot tizimini barcha rahbar hamda xodimlari «Taʼlim toʻgʻrisida»gi Qonun va 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda oliy taʼlim sohasidagi islohotlarning oʻta muhim ahamiyatini va dolzarbligini toʻliq anglagan holda quyidagilarni amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir:

–  oliy taʼlim va tibbiyot muassasalarini tajribali, halol va pok vijdonli, masʼuliyatli professor-oʻqituvchi va xodimlardan shakllantirish;

–  abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish jarayoni, imtihonlarni oʻtkazish, talabalar bilimini baholash hamda oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklashlarida turli toʻsiqlarga yoʻl qoʻymaslik, adolatni taʼminlash;

–  talabalarning bilimini baholash jarayonida shaffoflikni kuchaytirish va doimiy tahlil qilib borish;

–  xodimlarni ishga qabul qilish, lavozimga tayinlash, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bogʻliq ishlarda xolislikni taʼminlashga muntazam eʼtibor qaratish;

–  tibbiyot xodimlarini oʻzaro, bemor va uning yaqinlari bilan munosabatlarida moddiy manfaatdorlikka yoʻl qoʻymaslik, yuqori muomala madaniyatiga erishish;

–  aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamiga tibbiy yordamning barcha bosqichlarida beminnat yordam koʻrsatish tizimini yaratish;

–  tibbiyot sohasini tubdan isloh qilish orqali xalqimizga samarali tibbiy xizmat koʻrsatishda  ularni  rozi qilish haqidagi fikrlarini amalda ijrosini taʼminlash yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilash.

–  korrupsiyaning oldini olish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari hamda maʼnaviy-maʼrifiy va tashkiliy tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish;

–  ish jarayoniga raqamlashtirish tizimini keng tadbiq etish.

Sohani yanada rivojlantirish yoʻlida tinimsiz oʻqish, izlanish, yangilikka intilish har bir tibbiyot xodimining doimiy ishiga aylansin. Muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek, kasbiy halollik va poklik qalb shiorimizga aylansin. Buning uchun koʻnglimiz ham, qoʻlimiz ham pok boʻlishi zarur. Maʼnaviyatimizni yuksaltirish, aholining barcha qatlamlari bilan namunali muomala madaniyatini yoʻlga qoʻygan holda ish olib borish va bu borada ularga ibrat koʻrsatish kasbiy faoliyatimizning eng muhim va ajralmas qismiga aylansin.

Sohamizning hurmatli faxriylari, qadrli ustozlar!

Oldimizga qoʻyilayotgan masʼuliyatli vazifalarni bajarishda biz sizlarning bebaho tajribangizga, yuksak bilim va salohiyatingizga suyanamiz. Siz, azizlar, bu borada tashabbus koʻrsatib, barcha hamkasblarimizga, ayniqsa yosh kadrlarga namuna boʻlasizlar, degan umiddamiz. Koʻpni koʻrgan, hayotning ming bir sinovlarini yuksak aqlu zakovoti, keng tafakkuriga tayangan holda mardonavor yengib oʻtayotgan siz – muhtaram zotlarning umr yoʻlingiz ibrat maktabidir. Ishonamizki, kun tartibiga qoʻyilayotgan dolzarb masalalarning ijobiy yechim topishida har doimgidek peshqadam boʻlasizlar.

Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun barchamiz birgalikda, hamjihatlik va yakdillik bilan ish tashkil etaylik. Sohamizni yanada ravnaq va jahon andozalari darajasida rivojlanishi yoʻlida jonbozlik koʻrsatayotgan va bu borada barcha imkoniyatlarni yaratib berayotgan muhtaram Prezidentimizning, jondan aziz xalqimizning bizga bildirgan ishonchini amaliy saʼy-harakatlarimiz bilan oqlaylik. Oʻz oʻrnida sizlarni “Korrupsiyasiz jamoa”ga erishishga chaqiramiz.

 

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi

 

Skip to content Click to listen highlighted text!