alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI KLINIKASI ENDI YANGI VA ZAMONAVIY KO‘RINISH KASB ETADI

12:45 04.12.2021

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI KLINIKASI ENDI YANGI VA ZAMONAVIY KO‘RINISH KASB ETADI

2021-yil 26-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”gi qaroriga muvofiq institut klinikasini qayta ta’mirlash ishlari boshlandi.

Bugun viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov klinika xodimlari va quruvchilar bilan uchrashib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tanishtirdi. Klinika yangi va zamonaviy ko‘rinish kasb etishi, eng so‘nggi tibbiy jihozlar bilan ta’minlanishi borasida batafsil tushuntirib o‘tdi.

Qarorga ko‘ra, Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida 2021/2022-o‘quv yilidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yuridik shaxs bo‘lmagan filiallar tashkil etiladi:

  • akademik V.Vaxidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – xirurgiya;
  • Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – kardioxirurgiya;
  • Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – neyroxirurgiya;
  • Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – urologiya;
  • Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – nefrologiya.

Yaxshi niyat va ezgu maqsadlar bilan boshlanayotgan ish avvalida Qur’on tilovatlar o‘qildi, chiroyli tilaklar bildirildi.

Bir yil muddat ichida qurib bitkazilishi rejelashtirilayotgan institut klinikasida kelgusida birgina Andijon aholisigina emas, butun vodiy aholisining uzog‘i yaqin bo‘ladi. Murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun aholimiz poytaxtga yoki chet elga bormay turib ham mazkur klinikada davo topadilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!