Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI KLINIKASI FARROSHLARINING IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQAGAN MUROJAATI YUZASIDAN RASMIY MUNOSABAT

12:23 27.12.2022

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi farroshlarining  2022-yil noyabr oyidagi maoshlarini haligacha olmaganliklari yuzasidan qilgan murojaatlariga Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi ma’muriyatining rasmiy munosabati.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Sog’liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ–5199-son qarorining 2-ilovasiga asosan  Andijon davlat tibbiyot instituti Yu.O.Otabekov nomli klinikasi 2022-yil 1-yanvaridan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo’llash tartibi joriy etilgan.

Ushbu tartib O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining “2022-yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risida” gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ–73-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-oktabriga qadar uzaytirilgan.

Joriy yilning 1-oktabridan boshlab klinika Andijon viloyat aholisining imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslariga elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolash tizimiga o’tgan. Shu munosabat bilan klinikaning davlat byudjetidan moliyalashtirish tartibi ham o’zgargan.

Hozirgi kunda klinika yangilangan tartib asosida 1-oktabrdan boshlab ish faoliyatini olib bormoqda. Buning natijasida Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi tomonidan shartnomaga asosan oktabr oyi uchun 2022-yil 21-oktabr kuni 1 684 023,0 ming so’m hamda noyabr oyi uchun 9-dekabr kuni 2 000 000,0 ming so’m jami 3 684 023,0 ming so’m mablag’ oldindan 50 foiz moliyalashtirib berildi.

Ushbu mablag’lar hisobidan tibbiy sug’urta jamg’armasi hisobida ishlovchi xodimlarning sentabr va oktabr oyi ish haqlari to’lovlari to’liq amalga oshirildi. Joriy yilning 26-dekabr xolatiga tibbiy sug’urta jamg’armasi hisobida ishlovchi 1472 nafar xodimlardan jami 1 721 535,2 ming so’m ish haqidan  qarzdorlik mavjud. Shuningdek, joriy yil dekabr oyi 1-yarim ish haqqi to’lovi ham mablag’ yo’qligi sabab amalga oshirilmadi.

Ma’lumot uchun klinikaning shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish hamda pullik tibbiy xizmat ko’rsatish hisobida ishlovchi xodimlarga noyabr oyi ish haqqi to’lovlari joriy yilning 9-dekabr kuni to’liq amalga oshirilgan.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!