alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon Davlat tibbiyot instituti klinikasi: Taraqqiyot yo‘lida (endourologiya bo‘limi misolida).

11:14 16.01.2021

2021 yil – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili

 Andijon Davlat tibbiyot instituti nafaqat Andijon viloyati, balki Farg‘ona voydiysi va qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidan kelgan bemorlarga ham yuqori sifatli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 2-iyun kuni Andijon viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayoniga asosan klinikaning bloklarida kapital ta’mirlash ishlari olib borildi. Shu jumladan urologiya bo‘limi ham ta’mirlanib, endourologik operatsiyalar uchun zamonaviy tashrix zallari qurilib, 6 turdagi jami 8 171,6 mln so’mlik yuqori texnologiyalik va zamonaviy tekshiruv va operatsion uskunalar bilan jihozlandi.


Shu sababli klinikada muntazam ravishda o‘z  malakasini Yevropaning nufuzli klinikalarida va Rossiya davlatida oshirib kelayotgan oliy toifali mutaxassislar uchun murakkab urologik xastaliklarga to‘g‘ri tashhis qo‘yish va tashhisga mos kam invaziv tashrixlar o‘tkazishga sharoitlar yaratildi. Jumladan, 2020 yilda endourologiya tashrix zalida erkaklarda ko‘p uchraydigan prostata bezi xavfsiz giperplaziyasida «oltin standart» xisoblangan zamonaviy tashrix, ya’ni prostata bezi adenomasini transuretral rezeksiya (TURP) tashrixi 50 dan ortiq bemorlarda, shuningdek, O‘rta Osiyo mintaqasiga xos ko‘p uchraydigan buyrak va siydik yo‘llari toshlarida barcha turdagi kam invaziv tashrixlar, ya’ni 10 dan ortik perkutan nefrolitotripsiya, 7 ta perkutan nefrolitoekstraksiya, 15 ga yaqin ureterolitotripsiya, 3 ta sistolitoekstraksiya tashrixlar mahorat bilan bajarildi.  Shuningdek, buyrak-siydik yo‘llaridagi toshlarni hech qanday tashrix o‘tkazmasdan “EUVL” apparati yordamida maydalash imkoniyati mavjuddir.


2020-yil dekabr oyi davomida Germaniya davlatidagi Koyling universiteti urologik klinikasi doktoranti Boburjon Abdulxoshimovich Ergashev qishki ta’tilda O‘zbekistonga kelib, siydik chiqaruv kanalida uchraydigan torayish (uretra strikturasi) ni bartaraf qilishni zamonaviy usuli bo‘lgan bukkal plastika tashrixini Farg‘ona vodiysidagi 12 dan ziyod bemorlarda ijobiy natijaga erishgan xolda bajardi. Hozirda Boburjon Ergashev doktoranturani davom ettirish maksadida Germaniya davlatiga borishga hozirlanmoqda.




2021-yilda Andijon davlat tibbiyot instituti va Germaniyaning GIZ Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida Germaniya-O‘zbekiston hamkorligidagi «Urologiya o‘quv markazi» tashkil etildi.



Markazda o‘quv jarayoniga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilish orqali mahorat darslari, treninglar, seminarlar tashkil etish, master-klasslar o‘tkazish va endourologiya bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash ko‘zda tutilmoqda.


Prezidentimiz o‘zining Oliy Majlis va xalqimizga murojaatida 2021-yilni mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qildi. Bu esa bizni jamoamiz bilan birgalikda xalq salomatligini saqlash yo‘lida yanada shijoat bilan xizmat ko‘rsatishga, oldimizga qo‘yilgan vazifalarni vijdonan bajarishga undaydi.

 Baxodir Raxmanov

          Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bosh shifokori

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!