Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI KLINIKASI ZAMONAVIY QIYOFA KASB ETMOQDA

14:09 31.07.2022

Bugungi kunda Andijon davlat tibbiyot institutida 9 mingdan ortiq talaba taxsil olmoqda. Ularning yuqori texnologik darajada taʼlim olishlari uchun barcha imkoniyatlar yetarli, biroq oʻquv binosining yetishmovchiligi taʼlim sifatiga taʼsir etmay qoʻymayapti. Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining zamonaviy qiyofa kasb etayotgani bu muammolarga barham beradi. Yangi 2023-yilda foydalanish uchun topshirilishi koʻzda tutilayotgan mazkur klinika jahon tajribasiga mos loyihalar asosida amalga oshirilmoqda.

Muhtaram Prezidentimizning 2021-yilning iyun hamda sentabr oylarida Andion viloyatiga qilgan tashriflari chogʻida institutimizning yetakchi mutaxassislari bilan suhbatda boʻlgan edilar. Ana shu suhbat davomida klinikani zamon andozalariga mos tarzda qurilishi toʻgʻrisida kerakli topshiriq va vazifalar belgilab bergan edilar. Shunidan soʻng 2021-yil 25-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi va viloyat hokimining tashabbusi bilan ishlar boshlab yuborildi.

 

 

Qarorga koʻra, Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida 2021/2022-oʻquv yilidan xirurgiya, kardioxirurgiya, neyroxirurgiya, urologiya, nefrologiya, shuningdek, transplantologiya, endoxirurgiya, rentgenendovaskulyar xirurgiya, endourologiya, nevrologiya va tibbiy genetika yangi boʻlimlari hamda immunogenetik laboratoriya tashkil etiladigan boʻldi. Hozirda klinikada qurilish-bunyodkorlik ishlari avjida. Boʻlimlar Germaniya va Yevropadan keltiriladigan eng soʻnggi tibbiy jihozlar bilan taʼminlanmoqda. Klinika birgina viloyatimiz emas, Andion, Fargʻona va Namangan viloyatlari bemorlariga ham tibbiy xizmat koʻrsatadi. Bu esa bemorlarning uzogʻini yaqin qiladi degani.

 

 

YANGI 1000 O’RINLI O’QUV BINO

Eng quvonarli jihati, klinika qoshida Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari uchun 1000 oʻrinli yangi oʻquv binosi ham qurib bitkazilmoqda. Unda talabalarning sifatli bilim olishlari uchun shinam oʻquv xonalari bilan bir qatorda simulyatsiya markazi, labaratoriya xonalari ham mavud boʻlib, yoshlar nazariy olgan bilimlarini bevosita amaliyotda mustahkamlab boradilar. Qolaversa, yangi telemeditsina markazi ham barpo etilayotgan boʻlib, klinikada amalga oshirilayotgan operatsiya jarayonlarini talabalar bevosita kuzatish imkoniyatiga ega boʻladilar.

 

 

TALABALAR TURAR JOYI

2021-yil 9-sentabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy taʼlim muassasalaridagi talabalarni turar joy bilan  qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 563-sonli qaroriga muvofiq davlat-xususiy sherikchilik asosida  Talabalar turar joyi ham qurib bitkazilmoqda. Hozirda binoning pardozlash ishlari ham yakunlanib, kommunal xizmatlari oʻrnatilmoqda. Turar joyning qulaylik tomoni shundaki, talabalar uchun barcha sharoitlar bilan birga, talabalar darsdan soʻng qoʻshimcha mashgʻulotlar olib borishlari, hunar oʻrganishlari, asosiysi, qoʻshimcha daromad topishlari uchun tikuvchilik sexlari ham faoliyat olib boradi.

 

Bugun Andion davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov rahbarligidagi ishchi guruh qurilish va bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishishdi. Barcha ishlar koʻngildagidek bormoqda.

Bir soʻz bilan aytganda, bu tashabbus va loyihalar Yangi Oʻzbekiston yoshlarining erkin, zamonaviy oʻquv binolarida sifatli va samarali bilim olishlariga qaratilganidan dalolat, albatta!

 

 

 

Skip to content Click to listen highlighted text!