Andijon davlat tibbiyot instituti: Masofaviy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish borasida faol ish olib borilmoqda

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot institutida masofaviy o‘quv jarayoni (http://e-univer.adti.uz/) Moodle  platformasi orqali boshqarilmoqda. Masofaviy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish maqsadida institut professor-o‘qituvchilari “I-EDU Group” korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda faol ish jarayoni yo‘lga qo‘yilgan. Ta’lim jarayoni bilan birga yakuniy nazoratlarni test shaklida o‘tkazish ham alohitda e’tiborda.

Ayni paytda institut professor-o‘qituvchilarining video ma’ruzalarini ko‘paytirish borasida ishlar olib borilmoqda. Masofaviy ta’lim jarayoni boshlangan 1 apreldan hozirgi kunda qadar 45 ta kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan qo‘shimcha ravishda 100dan ortiq video ma’ruzalar institutning https://www.youtube.com/ dagi profiliga joylashtirildi.

Xozirda Reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi tomonidan turli kasalliklarni davolashda jismoniy mashqlarning o‘rini va ahamiyati yuzasidan videma’ruzalar mahsus jixozlangan honada tasvirga olinib halqaro talablar asosida tayyorlanmoqda.

  • Talabalar mavzularni mukammal tushinib yetishlari uchun video ma’ruzalarga alohida o‘ringa ega, – deydi “I-EDU Group” korxonasi rahbari Ulug‘bek Mirzalimov. – Video ma’ruzalarni tayyorlashda ko‘rgazmali vositalarning to‘la bo‘lishligi va ma’ruzachining nutqi ravon, tinglovchiga tushunarli bo‘lishiga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.

Alohida e’tirof etish kerakki, masofaviy ta’lim tizimi samaradorligi oshirishda talabalar bilan guruh murabbiylarining onlayn muloqotlari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun ham institutda murabbiylar faoliyatini yanada jonlantirishga e’tibor qaratilgan.

ADTI axborot xizmati

110