alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti olimasi respublika g‘olibi

18:02 03.03.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida bemorlar dardiga malham bo‘luvchi mehribon, qo‘li yengil, tili shirin shifokor ayollar, opa-singillar juda ko‘p. Institutda faoliyat ko‘rsatayotgan olimalarning yutuqlari nafaqat respublikamizda, balki dunyo miqyosidagi tibbiyot muassasalarida ham alohida e’tirof etilmoqda. Yutuqlar esa kundan-kunga ortib, ko‘payib bormoqda.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Andijon davlat tibbiyot instituti olimalaridan yana bir quvonchli xabar, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va O‘zbekiston Ixtirochi ayollar uyushmasi tomonidan yurtimizning iqtidorli xotin-qizlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innavatsion loyihasi” uchinchi respublika tanlovining axborot kommunikatsion texnologiyalar (AKT) sohasi bo‘yicha “Eng yaxshi innovatsiya” nominatsiyasida Andijon davlat tibbiyot instituti gospital va shoshilinch pediatriya kafedrasi katta o‘qituvchisi, t.f.n. Xurmatxon Qamchiyevna Xankeldiyeva g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

X.Q.Xankeldiyeva o‘z loyihasida bolalarda bronxial astma kasalligini davlashda vegetativ va qalqonsimon bez faoliyatiga bog‘liq holda tashxislashning zamonaviy usullarini AKT sohasi bo‘yicha programmalashtirilgan matematik modellashtirish dasturini taklif qildi.
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Andijon davlat tibbiyot instituti gospital va shoshilinch pediatriya kafedrasi katta o‘qituvchisi, t.f.n. X.Q.Xankeldiyevaga bundanda ulkan yutuqlarni tilab qolamiz.

ADTI axbrot xizmat

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!