O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti bilan hamkorlikda onlayn video konferensiya o‘tkazdi.
Onlayn video konferensiyada Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyati, hamda o‘z uylarida turgan holda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Video konferensiyada Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining xalqaro ekspertlari – daniyalik Dina Pfefer va Mark Katz COVID-19 – koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolashda e’tibor qaratishi zarur masalalar yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.
ADTI axborot xizmati