(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari attestatsiyadan o‘tkazilmoqda

16:58 09.01.2021

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 1995-yil 20-sentabrdagi №177-son bilan ro‘yhatga olingan “Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi to‘g‘risida”gi Nizomiga asosan, hamda institut ma’muriyati va xodimlar kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan jamoa shartnomasiga muvofiq attestatsiyadan o‘tkazilmoqda.




Attestatsiya hay’ati har bir professor-o‘qituvchilar tomonidan 2020-yil davomida bajarilgan ishlar alohida tahlil qildi. Belgilangan tartibda muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.



ADTI axborot xizmati