alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari  Izboskan tumani umumta’lim maktablarida

16:02 06.01.2021

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 87-03-5020  hamda 2-dekabrdagi 87-02-664-sonli modemogrammalarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari Izboskan tumanidagi 33-umumta’lim maktabida bo‘lishdi.

Tibbiy biologiya kafedrasi dotsenti T.Saydullayev, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti B.Botirova, o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Raxmatova, tibbiy kimyo kafedrasi o‘qituvchisi S.Islomovalardan iborat ishchi gruhning tashrifidan ko‘zlangan maqsad oliy ta’lim va maktablar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, “Tayyorlov kurslari”ni tashkil etishdan iborat bo‘ldi.

Tashrif davomida bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqotda bo‘lib oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari, maktab dasturiga kiritigan fanlarning ahamiyati haqida tushunchalar, o‘quvchilarni qiziqtigan savollarga  batafsil javoblar berildi.

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilarining maktablar jamoalari bilan uchrashuvlari davomida mazkur hamkorlik muntazam davom etishi zarurligi alohida ta’kidlandi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!