Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari Andijon va Namangan viloyatlarining yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolayotgan shifokorlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdilar.
Shifokorlar bilan o‘tkazilgan onlayn muloqotda institut Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani professor X.X.Tursunov, davolash fakulteti dekani, dotsent B.Mamatov, shuningdek endokrinologiya, bolalar nevrologiyasi, yuqumli kasalliklar, anesteziologiya-reanimatologiya va kardiologiya ixtisosliklari bo‘yicha yetuk mutaxassislar ishtirok etishdi.
Onlayn muloqot davomida koronavirus bilan kasallangan og‘ir bemorlarda uchrayotgan klinik holatlar yuzasidan va ularni davolash chora-tadbirlari bo‘yicha aniq maslahat va ko‘rsatmalari berildi.
Institut anesteziologiya-reanimatologiya, bolalar anesteziologiya-reanimatologiya kafedralari, vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi mudirlari va xodimlari tomonidan Andijon va Namangan viloyatlari anesteziologiya-reanimatologiya mutaxssislari uchun koronavirus bilan kasallangan og‘ir holatdagi bemorlarni davolash masalalari yuzasidan masofaviy ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yildi va mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
X.X.Tursunov
ADTI VMO va QTF dekani