Yangi yilning ilk ish kunida Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari sport turlari bo‘yicha musobaqalashdilar.
Mamlakatimiz Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash uchun, avvalo, professor-o‘qituvchilar yoshlarga ibrat ko‘rsatib adabiyot, san’at, sport sohalari bo‘yicha o‘z iqtidorlarini ko‘rsatishlari kerak. Shundagina yoshlar ham har bir ishga ijodiy yondashadilar, sport bilan muntazam shug‘ulanadilar. Shu maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining buyrug‘i bilan professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Intstitut Talabalar turar joyidagi sport zalida professor-o‘qituvchilar sportning voleybol, stol tennisi, arqon tortish, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha fakultetlararo institut birinchiligida ishtirok etishdi.
Sport musobaqalarini o‘tkazishdan maqsad professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, sportni ommalashtirishdan iborat bo‘ldi.
4 ta fakultet o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda ayollar va erkaklardan alohida alohidadan voleybol bo‘yicha 8 tadan o‘yinchi, arqon tortish bo‘yicha 5 tadan, stol tennisi bo‘yicha 2 tadan, shaxmat va shashka bo‘yicha 3 tadan o‘yinchi ishtirok etishdi.
Ishtirokchilardan sport kiyimida bo‘lishlik talab etildi. Musobaqalar xalqaro qoidalarga asosan o‘tkazildi. Jamoalar o‘yinda ishtirok etish tartibi qur’a tashlash usulida aniqlandi.
Sprot musobaqalarini institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.X.Asxanov ochib berar ekan, Andijon davlat tibbiyot institutining professor-o‘qituvchilar sog‘liqni saqlash xodimi sifatida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
Institut kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Sh.O.Dehqonov sport musobaqalari g‘oliblariga maxsus sovg‘alar tayyorlanganlini aytib o‘tar ekan, barchaga omad tiladi.
Shundan so‘ng ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda sport musobaqalarini boshlab yuborishdi. Eng tomoshabop o‘yin voleybol bahslarida bo‘ldi. Institutning barcha professor-o‘qituvchilari voleybolninng muhlisi ekanligini ko‘rsatishidi.
Milliy sport turlarimizdan Arqon torish bahsi ham juda ommaviy va tortishuvlarga boy bo‘ldi. Stol tennisi bahsiga esa haqiqiy “professional”lar jam bo‘lganligiga guvoh bo‘ldik. Mazkur bahsda ishtirokchilar haqiqiy kuch-quvvatlari, epchilliklarini ko‘rsatishdi.
“Aql gimnasitakasi” sanalmish shaxmatda esa ishtirokchilar shifokorlarga xos zakovatlrini ko‘rsatishdi. Bahslarni reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan iborat hakamlar hay’ati kuzatib borishdi.
Qizg‘in baxslar yakunida umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni davolash fakulteti jamasi egalladi. 2-o‘rinni Pediatriya, 3-o‘rinni Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti, 4-o‘rinni esa Stomatologiya fakultet jamoasi egalladi.
G‘oliblar institut ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan munosib taqdirlandilar. Bundan tashqari, bir qator nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi va rag‘batlantirildi. Jumladan, Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani X.X.Tursunov “Eng yaxshi faxriy sportchi”, yosh murabbiylardan biri B.X.Toshpo‘latov esa “Eng faol ishtirokchi” o‘ynalishi bo‘licha g‘olib bo‘lishdi.
Bayramona o‘tgan sport musobaqalari barcha ishtirokchilar va tomoshabin muhlislarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tgan sport musobaqalari yakunida barcha ishtirokchilar to‘kin dasturxon atrofida g‘alabani nishonlashdi.
ADTI axborot xizmati