alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI TANIQLI RASSOM JO‘RA ASRANNING RASMLAR KO‘RGAZMASI BILAN TANISHDILAR

13:58 22.02.2023

Avval xabar berganimizdek, Andijon davlat tibbiyot institutida mashhur rassom Jo‘ra Asranning rasmlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Institutning barcha xodim va talabalari ushbu ko‘rgazmadan joy olgan asarlarni tomosha qilmoqdalar.

 

Bugun ham prorektorlar, kafedralar mudirlari, professor-o‘qituvchilar ijodkorning 100 ga yaqin asarlari joy olgan ko‘rgazmadan bahramand bo‘ldilar.  Ular suratlarni tomosha qilish asnosida asarlarda tasvirlangan kishilarning yuzlaridagi ifoda, olis bolalikni yodga soluvchi tor ko‘chalar, musavvir mahorati haqida suhbatlashdilar.

Eslatib o‘tamiz, taniqli rassom, O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Jo‘ra Asran 1985-yildan buyon respublika hamda xalqaro ko‘rgazmalarda o‘z asarlari bilan qatnashib keladi. 1989-yildan boshlab esa, u respublikamiz va Amerika, Germaniya, Misr kabi davlatlarda  shaxsiy ko‘rgazmalarini namoyish etib kelmoqda. Hozirga qadar ijodkor ko‘plab milliy va xalqaro mukofotlar sovrindori bo‘lgan. 2005-yilda rassom ijodiga bag‘ishlangan telefilm suratga olingan.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!