O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2020 yil 27 oktabrdagi 7-sonli yig‘ilish bayoni tug‘risidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 5-yanvardagi 8-sonli buyrug‘ining ijrosi yuzasidan Andijon davlat tibbiyot institutining professor-o‘qituvchilaridan iborat guruhlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning 2020-yil 29-yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasini mazmun mohiyati bilan to‘liq tanishtirish maqsadida joylarda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etmoqdalar.
Jumladan, O‘zbekiton milliy universiteti dotsenti X.Umarov raisligida ADTI kafedra mudirlari R.Raxmonov, M.Teshaboyev, U.Abduqodirov, R.Raimjonovlardan iborat guruh Jalaquduq tumanidagi Musiqa va san’at maktabida bo‘ldilar.
O‘zbekiton milliy universiteti dotsenti N.X.Bekmurodov raisligida ADTI professori A.B.Pakirddinov, dotsent A.A.Mirzayev va katta o‘qituvchilar U. Sh.Mamajonov, A. M.Azimovlardan iborat guruh Xo‘jaobod tumanining Salomatlik tibbiyot kollejida bo‘ldilar.
Targ‘ibot tadbirlarida davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida yangi 2021 yildan ta’lim, tibbiyot, iqtisodiyot, ma’naviyat, sport sohalarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar, vazifalar bilan yaqindan tanishtirmoqdalar .
Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.