Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutining 25 nafar professor-o‘qituvchilari ko‘ngillilar – volyontyorlar harakatida ish olib bormoqdalar. Ular koronvirus bilan kasallangan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan insonlarni aniqlash va ularni karantin zonasiga olish yuzasidan olib borilayotgan ishlarda ishtirok etishmoqda.
Ayni vaqtgacha guruh a’zolari Andijon shahri va Andijon tumanidagi 70 dan ziyod xonadonlarda epidemiologik surishtiruv ishlarini o‘tkazishdi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishdi.
Volyontyorlar guruhi a’zolari o‘zlari biriktirilgan hududlarda viloyat sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi xodimlari, hududiy Oilaviy poliklinkalarning xodimlari hamda MFY jamoatchilik ishlari bo‘yicha mas’ullari, ichki ishlar xodimlari bilan birgalikda aholining niqob rejimida bo‘lishlari, zarurat bo‘lmasa uyda qolishi, agarda kasallik belgilari aniqlansa zudlik bilan shifokorlarga murojaat qilishlari xususida tushuntirish ishlari olib bormoqdalar.
ADTI axborot xizmati