Andijon davlat tibbiyot institutining professor-o‘qituvchilaridan iborat ko‘ngillilar – volontyorlar ayni paytgacha Andijon shahri va Andijon, Shahrixon tumanlarida 100 dan ziyod xonadonlarda epidemiologik surishtiruv ishlarini o‘tkazishdi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishdi.
Volyontyorlar guruhi a’zolari, jumladan patologik fiziologiya kafedrasi assistenti Murodbek Xujakov, umumiy jarroxlik kafedrasidan Shohrux Mirzo Ziyayev, Elyorbek Usmonov, xorijiy tillar kafedrasidan Sherzodbek Numanov o‘zlari biriktirilgan hududlarda aholining niqob rejimida bo‘lishlari, zarurat bo‘lmasa uyda qolishi, agarda kasallik belgilari aniqlansa zudlik bilan shifokorlarga murojaat qilishlari xususida tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar.
ADTI axborot xizmati