Andijon davlat tibbiyot instituti rektori 5-kurs talabalari bilan uchrashdi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019-yil  23- aprel kuni  Andijon davlat tibbiyot instituti    rektori M.Madazimov bilan davolash, pediatriya, stomatologiya fakultetlari va kasbiy ta’lim yo‘nalishi 5-kurs talabalarining  uchrashuvi  bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda oliygoh rektori avvalo, institut ichki tartib-qoidalari, talabalarning odob-axloqi, yurish-turishi, muomala va kiyinish madaniyati xususida gapirdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019- yil 19- martdagi Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha  ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus to‘g‘risida tushuncha berdi.

Jumladan, mazkur tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga yo’naltirilganligini aytib o’tdi.

Shuningdek, ochiq muloqot davomida institut rektori talabalarni darslarni to’liq o’zlashtirishi, xorijiy tillarni o’rganishi, internetdan to’g’ri maqsadlarda foydalanishi, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari lozimligini aytib, ularni faol va tashabbuskor bo’lishga chaqirdi. Mavjud sharoit va imkoniyatlardan samarali foydalanib, maqsadlari sari dadil borishga chorladi.

Talabalarni qiziqtirgan savollar va takliflar bilan qiziqib, ularning oqishlariga  muvaffaqiyat tiladi.

614