2019-yil 5-iyul kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov abituriyentlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog’ida institut rektori ADTIda 2019-2020 o’quv yiliga abiturientlarni onlayn tarzda ro’yxatdan o’tishi, ro’yxatdan o’tkazishda ular uchun yaratilgan qator qulayliklar, jumladan hujjatlarni qabul qilishda avvalgi yillarga nisbatan abiturientlarning vaqtini tejashga qaratilgan elektron tizimlar yaratilganligini aytib o’tdi.
Abiturientlarni yashash joylarida o’zi xohlagan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi yoki davlat xizmati agentligi orqali ro’yxatdan o’tishlari mumkinligiga to’xtaldi.
Xususan, institutdagi qizg’in qabul jarayoni, qabul komissiyasining bugungi faoliyati, yangiliklar va imtiyozlar haqida ma’lumot berdi. Qabul jarayonida abituriyentlarni firibgarlardan ehtiyot bo’lishlarini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, abiturientlarni qiziqtirgan savollarga javob berib, ularga test sinovlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladi.