alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI ASAKA TUMANIDAN BIRIKTIRILGAN YOSHLARNI IJTIMOIY HOLATINI O‘RGANISH BO‘YICHA UCHRASHUV O‘TKAZDI

20:29 28.03.2023

Bugun, 28-mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligida tuzilgan ishchi guruh tomonidan Asaka tumanining Devatagi, Qipchoq, Tajriba, Fayziobod, Zankan va Axtachi mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qilayotgan nogironligi bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj 35 nafar yoshlar qatlami mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchilari bilan birgalikda har tomonlama o‘rganib chiqildi.

Ishchi guruh aʼzolari har bir xonadonlarda bo‘lib, fuqarolarni yashash sharoiti bilan tanishdilar. Ularni xastaliklari sababi, davomiy tekshirilish va davolanishi masalalari tahlil qilindi. O‘rganish davomida hududlardagi fuqarolardan tushgan murojaatlarga ko‘ra, 10 nafar bemorlar tekshiruv-tahlilga yo‘naltirildi va bu jarayonga kasalliklarni turiga ko‘ra institutning tajribali, malakali va salohiyatli professor xodimlari jalb qilindi.

Shu bilan birga, davlatimiz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ko‘rsatilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar aytib o‘tildi. Jumladan, yaqinlashib kelayotgan mamlakatimiz tarixidagi muhim siyosiy jarayon bo‘lgan referendumda barcha yurtdoshlarimiz qatori faol bo‘lishga chaqirildi. Zero, mamlakatimiz ravnaqi va taraqqiy etishiga barchamiz birdek masʼul ekanligimiz taʼkidlandi.

Bundan tashqari, Ro‘zayi-ramazon munosabati bilan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, kayfiyatini ko‘tarish maqsadida un va o‘simlik yog‘i tarqatildi.

 

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!