alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI ASAKA VA MARHAMAT TUMANLARIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN TIBBIY KO‘RIKLARDA ISHTIROK ETDI

12:35 17.06.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan Sog‘liqni saqlash vaziri A.Inoyatov boshchiligida  malakali tibbiyot mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan ayni kunlarda Andijon viloyatida tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha yangi tizim yaratish va uni yurtimizning barcha hududlariga tatbiq etish bo‘yicha katta ishlar boshlab yuborilgan.

Shu boisdan Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov viloyatimiz bo‘ylab  “Inson qadri uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan salomatlik aksiyasi doirasida olib borilayotgan ishlar nazorati bo‘yicha tumanlarda bo ‘ldi.

Asaka va Marhamat tumanlarining markaziy poliklinikalarida Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori M.Saidov va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori D.Ahmedovalar bilan birgalikda ushbu muassasalardagi yaratilgan sharoitlar bilan tanishib mavjud muammolar joyida hal etildi.

Ushbu poliklinikalarga biriktirilgan mutaxassislar bilan birgalikda bemorlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lomlashtirish ishlari olib borildi.

Mazkur tibbiy ko‘rik jarayonlarida Respublika ilmiy markazlari, ularning viloyatdagi filiallari rahbarlari, xodimlari hamda Andijon davlat tibbiyot instituti kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!