ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI FAXRIY PROFESSOR UNVONI BILAN TAQDIRLANDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI FAXRIY PROFESSOR UNVONI BILAN TAQDIRLANDI

15:48 05.09.2025

Joriy yilning 5-6-sentabr kunlari Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida tibbiyot ilmining sultoni, butun insoniyat tamadduni taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodimiz, buyuk tabib, faylasuf va ensiklopedik olim “Abu Ali ibn Sino tavalludining 1045 yilligi hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti tashkil etilganligining 35 yilligi” munosabati bilan ilmiy-amaliy tadbirlar hamda xalqaro anjuman o‘tkazilmoqda.

Mazkur anjumanda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov ishtirok etib, nutq so‘zladi. Unda rektor anjumanning ahamiyati, sohada hamkorlikni yanada kengaytirish hamda yangiliklar kiritishda muhim ekanligi haqida so‘z yuritdi.

Anjuman davomida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Buxoro davlat tibbiyot institutida tibbiyot institutining faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi.

Ushbu tadbirlarda zamonaviy tibbiyotdagi innovatsion yutuqlar, ta’lim va ilmiy izlanishlarning integratsiyasi, xalqaro ilmiy hamkorlik istiqbollari hamda buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosini zamonaviy tibbiyot bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan. Rasmiy ochilish marosimidan so‘ng, institutda tashkil etilgan innovatsion yangiliklar bilan tanishildi.

Skip to content