alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimovning Andijon shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrifi

11:04 23.03.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi PQ-3271-son qarori bilan tasdiqlangan “Kitob mahsulotini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda 2019-yil 19-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida, 2019-yil 22-mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimov Andijon shahar 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif  buyurdi.

Tashrif davomida ADTI rektori maktab o‘quvchilari bilan kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish kabi mavzularda suhbat o‘tkazdi.

Suhbat so‘ngida M.M.Madazimov tomonidan maktab axborot – resurs markazi fondi uchun jami 23 ta badiiy kitoblar taqdim qilindi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!