Assalomu alaykum, Andijon davlat tibbiyot institutining fidoyi, jonkuyar professor-o‘qituvchilari, hamkasblarim, aziz talaba-yoshlar!
Mana bugun biz mehr va saxovat, sabr-toqat oyi bo‘lgan muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazib, Ramazon hayitini ham birgalikda kutib olmoqdamiz.
Ushbu bayram barchangizga muborak bo‘lsin. Hamisha bir birimizga mehr-oqibatli bo‘lib, yaxshiliklarni ilinib yurish nasib etsin. Yurtimiz tinchligi, farovonligini so‘rab duoga qo‘l ochadigan ota-onalarimiz omon, beg‘ubor bolajonlarimiz doimo baxtli bo‘lsin.
Aziz, jamoadoshlar sizlarga va siz orqali barcha yurtdoshlarimizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, dasturxoningizga qut-baraka tilayman. Yoshlarimizning ilm yoʻlidagi mehnatlari samarali, bilimlari hamisha ziyoda bo‘lsin.
Muqaddas Ramazon oyida qilgan duolaringiz, ezgu niyyatlaringiz o‘z ijobatini topishiga tilakdoshman. Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!
Madamin Madazimov,
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori