Dogʻiston davlat tibbiyot universitetida qoʻshma taʼlim dasturi asosida taxsil olayotgan talabalarimiz bilan uchrashgan institutimiz rektori Rossiyaning tibbiyotda simulyatsion taʼlim jamiyatining XI-Sʼezdi va “Tibbiyotda simulyatsion taʼlim: tajriba, rivojlanish, innovatsiyalar. ROSOMED-2022” Xalqaro konferensiyasi doirasidagi Pre-konferensda ishtirok etdi. Pre-konferens davomida “Sintomed” oʻquv markaziga tashrif tashkil etilgan boʻlib, unda mazkur markaz faoliyati bilan yaqindan tanishildi hamda markazda turli mavzularda maʼruzalar oʻtkazildi.
Shuningdek, institutimiz rektori va I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti Baku filialining Oʻquv va davolash ishlari boʻyicha prorektori, t.f.d., professor Gadjiyev Navroz Djabbar oʻgʻli bilan ham norasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda har ikki OTMlar oʻrtasida taʼlim va tibbiyot sohasida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi va bir qator tajriba almashinuv boʻyicha kelishib olindi.