Avval xabar berganimizdek, 6-8-noyabr kunlari mamlakatimizdagi Oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi sportsevar yoshlar ishtirokidagi “Universiada-2022” musobaqalarining Stol tennisi sport turi bo’yicha Respublika bosqichi bo’lib o’tdi.
Ushbu sport turi bo’yicha “Universiada-2022” sport o’yinlarining Respublika final bosqichida Andijon viloyati jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritib, viloyatimizga qaytib keldi. Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov g’oliblar bilan uchrashib, Yurtimizda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, sport sohasiga qaratilgan e’tibor haqida so’z yuritdi hamda ularni bu kabi sharoit va imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda viloyatimiz sportini rivojlanishiga hissa qo’shayotganliklarini alohida e’tirof etdi. Shuningdek, talaba-yoshlarni qo’lga kiritgan g’alabalari bilan tabriklab, pul mukofotlari bilan taqdirladi. Ularning kelajakdagi o’qish va sport sohasidagi faoliyatlarida muvaffaqqiyatlar tiladi.