alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI M.MADAZIMOVNING BAYRAM TABRIGI

08:42 17.11.2023

Talabalik – chinakkamiga oltin davr deb men bemalol ayta olaman. Chunki bu paytda ilm olasiz, izlanishlar qilasiz, do’stlar orttirasiz. Bu kunlar zavqi, gashti aslo eskirmaydi, zanglamaydi. Ayniqsa, bugungi kun yoshlari uchun bu davr yana-da gashtli bo‘lyapti deyishimiz mumkin. Boisi, ular uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar yoshlarning bilimlarni mustahkam o‘zlashtirib, malakali kadrlar bo‘lib yetishishlarida keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Shunga munosib ravishda talaba-yoshlarimiz ham jahon miqyosida ilm-fan, san’at, sport sohasidagi yutuqlari bilan yurtimiz bayrog’ini baland ko’tarmoqdalar. Talabalarimiz safidan davlat mukofotlari, Prezident va nomdor davlat stipendiyalari sohiblarining yetishib chiqayotganligi hamda ularning safi yildan yilga ortib borayotganligi biz ustozlarni juda quvontiradi.
Aziz talaba-yoshlar, qadrli farzandlarim!
Sizning kulib turgan yuzlaringiz, shijoat bilan porlab turgan koʻzlaringiz, ilmga intilishingiz meni behad quvontiradi. Hamisha mana shunday izlanishda, mehnatda bo‘lib, tanlagan yo‘nalishingizning eng yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishing.
Sizning mana shunday izlanishingiz va harakatingiz, faolligingizni rektor sifatida qoʻllab-quvvatlashga, ragʻbatlantirishga doimo tayyorman!

17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan barchangizni chin koʻngildan tabriklayman. Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilayman! O‘z oldingizga ulkan maqsadlarni qo‘yib, ularga munosib tarzda erishishingizda omad va zafarlar yor bo‘lsin!

M.Madazimov Andijon davlat tibbiyot instituti rektori.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!