ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI MALAYA UNIVERSITETIDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI MALAYA UNIVERSITETIDA

10:19 09.11.2025

Xabaringiz bor, ayni damda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor K.Salohiddinov Malayziyada xizmat safarida boʻlib turibdi.

Institutimiz delegatsiyasi mashhur Malaya universitetida boʻlishdi. Dastavval, universitetning Stomatologiya fakulteti bilan yaqindan tanishdilar.

Maʼlumot oʻrnida, Malaya Universiteti 1949 yil 8-oktabrda tashkil etilgan va Malayziyadagi eng qadimgi universitet hisoblanadi. Universitet Malayziyaning eng yirik tibbiyot markazi bo’lgan Malayziya Universiteti Tibbiyot Markazi tomonidan faol qo’llab-quvvatlanadi, shuningdek, 12 fakultet, 4 institut va 3 ilmiy markaz bilan ta’minlangan. Universitetning ta’lim faoliyati tibbiyot, texnologiya, ilm-fan, ijtimoiy va gumanitar fanlarni o’z ichiga oladi.

Delegatsiya aʼzolari universitet vakillari bilan uchrashib, Stomatologiya fakultetida talabalarni oʻqitish jarayonlari, taʼlim texnologiyalaridan foydalanish, oʻquv-simulyator robotlarning amaliyotdagi ahamiyati borasida fikr almashdilar.

Institutimiz delegatsiyasi Universitetning Stomatologiya fakulteti bilan yaqindan tanishgandan so‘ng, tibbiyot klinikasida boʻlishdi.

Delegatsiya aʼzolari, u yerda klinika mutaxassislari bilan uchrashdilar va klinikada davolash jarayonlari, bemorlarni qabul qilish, ularni koʻrikdan oʻtkazish, kutish zallari sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, talabalarni amaliyot jarayonlariga jalb etish borasida ham fikr-mulohazalar almashdilar.

Uchrashuv soʻnggida ikki oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish, mutaxassislar va talabalar almashinuvini mustahkamlash borasida ham kelishib olindi.

Skip to content