
Bugun, 18-mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov talaba-yoshlar uchun «Ma’rifat darslari»ni boshlab berdi.
Ushbu darsda talabalar hozirgi kundagi siyosiy yangiliklar, yurtimizdagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealar haqida foydali ma’lumotlar oldi.
Jumladan, darsda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilganligi haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga tashrifi, ikki mamlakat Prezidentlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar, tashrif doirasida imzolangan qator bitimlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, Davlatimiz rahbarining barcha sohalarga jumladan, tibbiyot sohasiga ham bo‘lgan e’tibori, amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
-Bu islohotlarni birgina viloyatimiz misolida oladigan bo‘lsak, viloyatga tibbiyot sohasi uchun 2017-yilda 487 miliard 505 million so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2024-yilda 2,2 trilliard ajratildi, ya’ni 5 barobardan ortiq mablag‘ ajratilmoqda.
Dori-darmon uchun 2017-yilda 15 milliard 540 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan bo‘lsa 2024-yilda 136 milliard 86 million ajratildi, yaʼni 9 barobarga oshirildi.
So‘nggi uch yilda yurak qon-tomir, endokrin, onkologiya, urologiya, ko‘z kasalliklari, teri-tanosil, travmatologiya kabi yo‘nalishlarda avval viloyatda qilishning imkoniyati bo‘lmagan operatsiya va zamonaviy davolash usullari amaliyotga joriy qilindi.
Yil davomida 3,5 ming nafardan ortiq bemorlarda yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkazildi. Misol uchun, 6 nafar bemorda buyrak ko‘chirib o‘tkazish, 116 nafar 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda tug‘ma yurak nuqsonini bartaraf etish bo‘yicha bepul jarrohlik amaliyotlari, 400 nafar bemorlarni endoprotezlash, 1,2 ming nafardan ortiq bemorlar yurak qon-tomirini stendlash amaliyotlari o‘tkazildi. Bu albatta, aholi salomatligini saqlash va tibbiy xizmat sifatini yaxshilashga xizmat qiladi – dedi, rektor.
Shuningdek, dars davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori, ““O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni, ““Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.