(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining talabalar bilan ochiq muloqoti

16:48 22.01.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov tashabbusi bilan instituti ma’muriyatining talabalar bilan ochiq muloqotlari davom etmoqda  Navbatdagi ochiq muloqot institutning 1- va 2-ma’ruzalar zallarida pediatriya fakultetining 3-bosqich talabalari bilan o‘tkazildi. Ochiq muloqotda institut rektori bilan birga pediatriya fakulteti dekani A.Gafurov, dekan o‘rinbosarlari, kurs mas’ullari ishtirok etishdi.

Samimiy suhbat tarzida o‘tgan uchrashuv davomida institut rektori har birimiz yurtimizdagi tinchlik, hotirjalikni qadrlashimiz zarurligini ta’kidlab o‘tar ekan, shifokorlik kasbining mas’uliyati, sharafli bu kasbni egallashlari uchun institut talabalariga yaratilgan shart-sharoitlar xususida so‘z yuritdi, shifokorlik kasbini tanlagan yosh hamisha sidqidil bilan mehnat qilishi, bemorlarga samimiy bo‘lishi, bilim va ko‘nikmalarini boyitib borishi zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Samimiy muloqot davomida talabalarni o‘quv jarayonidagi yangiliklar bilan tanishtirdi, bu borada talabalarning fikrlarini tingladi. Institutning smulatsion markazi, Axborot-resur markazida mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan talabalar yaxshi yutuqlarga erishayotganligi, yoshlarni kitob bilan do‘st bo‘lishlari zarurligini uqtirib o‘tdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori talabalar bilan o‘tkazgan uchrashuvlari davomida tibbiyot instituti talabalari kiyinish madaniyatiga, institut ichki tartib-qoidalariga amal qilishi,  xorijiy tillarni o‘rganishi, to‘garaklarga faol qatnashishi zarurligini aytib o‘tdi.

ADTI axborot xizmati