Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining talabalar bilan ochiq muloqoti

image_pdfYuklab olish (pdf)

An’anviy ta’lim jarayoni boshlanganligi munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov davolash va pediatriya fakultetlarining 5-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Institut rektorining talabalar bilan uchrashuvida  o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori v.v.b. B.Abdullajonov, fakulteti dekanlari va fakulteti mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Institut rektor dastavval  talabalarga karantin talablariga qatiy rioya qilish zarurligini ta’kidlab o‘tdi. An’anviy ta’lim jarayoni boshlanganligi munosabati bilan o‘quv dasturlaridagi o‘zgarishlar, yangiliklar bilan tanishtirdi, talabalarning fikrlarni tingladi.

Bundan tashqari, Axborot-resur markaziga yangi keltirilgan elektron darsliklar, elektron ta’limni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, institut ichki tartib-qoidalari bilan tanishtirdi.

Talabalar bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida instituti rektori tibbiyot instituti talabalari kiyinish madaniyatiga qat’iy amal qilishlari zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Samimiy muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javoblar olishdi

ADTI axborot xizmati

104