Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TTJlarida YARATILGAN SHAROITLAR PRESS-TUR NIGOHIDA O’RGANILDI

21:47 05.09.2024

Bugun, 5-sentabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Andijon viloyati oliy ta’lim muassasalari hamkorligida viloyatdagi qator davlat oliy ta’lim muassasalari bo‘ylab press-tur tashkil etildi.

Unda 20 dan ziyod jurnalist, bloger, ommaviy axborot vositalari (OAV) vakillari va jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirok etdi.

Press-tur qatnashchilari Andijon davlat tibbiyot inastitutining Talabalar turar joylari, ularda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Unda institut mas’ullari tomonidan talabalarni qiyinchiliklarsiz talabalar turar joyi va ijara xonadonlariga joylashishlari uchun “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi hamda markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tildi.

Jarayon davomida institutning Davlat xususiy sherikchiligi asosida qurib bitkazilib, foydalanishga topshirilgan 500 o‘rinli hamda joriy o‘quv yilida foydalanishga topshirilishi kutilayotgan 400 o‘rinli Talabalar turar joylari imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, jurnalist, bloger va OAV vakillari institutning xorijlik talabalari bilan tanishib, suhbatlashdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!