alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari xayriya donorlik aksiyasida

13:07 04.12.2020

Qon xastaliklari, jumladan, og‘ir darajadagi kamqonlik, qon saratoni – leykoz, qon ivish tizimi ishining buzilishi – gemofiliya kabi kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar, jumladan bolalar, albatta, donorlar ko‘magiga muhtoj.

Sahovatli xalqimiz yordamga muhtoj insonlar, bemorlar holidan xabar olish, ularga beg‘araz ko‘mak berish, jamiyatda o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlikni kuchaytirishga qaratilgan savob ishlarga jiddiy e’tibor berib kelgan. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang‘iya tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan xayriya donorlik aksiyasi ham ana shunday qadriyatlarga tayangan holda tashkil etildi. Xayriya tadbirida 100 nafarga yaqin ko‘ngilli yoshlar ishtirok etdilar.

– Bugungi xayriya aksiyasi orqali ezgu ishlarga oz bo‘lsa-da hissamni qo‘shayotganimdan juda xursandman, — deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ADTI BT faollaridan biri Muhammad Yusuf Yusupov  — Pandemiya sharoitida bemor yurtdoshlarimizga qo‘ldan kelgancha yordam ko‘rsatish barchamizning insoniy burchimizdir.

Xayriya aksiyada beg‘araz donorlar tomonidan topshirilgan qon preparatlaridan ajratilgan albumin dori vositalari turli shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarga xayriya sifatida berilish ko‘zda tutilgan.

ADTI yoshlar Kengashi media guruhi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!