Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi sharoitida ta’til vaqtida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni rag‘batlantirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan tanlovga kelib tushayotgan ishlardan namunalar.
Ey, odamlar
Ey, odamlar!
«Ayrim odamlar»
Davlat, mansab ortidan,
Quvib yurgan odamlar.
Ey, odamlar!
Befarq odamlar.
Xalq boshiga sinov kelsa,
Vijdon sotgan odamlar.
Ey, odamlar!
Vaxshiy odamlar.
Ota-ona, farzandini,
Tashlab ketgan odamlar.
Ey, odamlar!
«Polvon» odamlar.
Kimgadur pichoq tortib,
Gavda kergan odamlar.
Ey, odamlar! Unutmanglar,
Bu dunyo o’tkinchidur.
Har kim qilgani uchun,
Javobin berguvchidur.
Ne amalni bajarsang,
Avval yaxshi o’ylab ol.
To oxirat kuninga,
Yaxshi amal g’amlab ol.
Boburbek Abdulazizxojiyev
ADTI 3-kurs magistri