Andijon davlat tibbiyot instituti Farg‘ona vodiysidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan. Institutda andijonlik talabalar bilan bir qatorda ko‘plab farg‘onalik, namanganlik yoshlar ta’lim olishadi. Namangan viloyati bo‘ycha bu yil bitiruvchilar soni jami 188 nafarni tashkil qiladi. Shundan 35 nafari klinik ordinatorlar, 17 nafari magistratura bitiruvchilari.
Bugun institut Kengashlar zalida Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari bilan bakalavr va magistratura yo‘nalishlari bitiruvchilari hamda klinik ordinatorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda institut prorektorlar, doktorantura va klinik ordinatura bo‘yicha mas’ullar, marketing xizmati bo‘limi xodimlari, fakultetlar dekanlari, dekan o‘rinbosarlari hamda bitiruvchilar ishtirok etdilar.
Tadbirni ADTI rektori M.M.Madazimov ochdi va institut bitiruvchi talabalariga mehmonlarni tanishtirdi.
Shundan so‘ng, Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Abdulxodi Iminov so‘zga chiqib, tibbiyot tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar, o‘zgarishlar haqida fikrlar bildirdi. Shuningdek, Namangan viloyatidagi ish o‘rinlari, bitiruvchilarga yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Namanganlik ish beruvchilar bilan ochiq muloqot samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi. Har bir bitiruvchi o‘z ish joyiga ega bo‘ldi.