Andijon davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti 6-bosqich talabalari Islomjon Bektashev va Asilbek Dilshodov Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi hamda Yoshlar akademiyasi hamkorligida o‘tkazilgan TECHNOWAYS texnologik rivojlanish marafoni final bosqichida «Quvnoq oyoqchalar» va «MedClean» loyihalari bilan qatnashib g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
G‘olib talabalarimizga yanada ulkan yutuqlar, omad tilamiz.
Sh.Ya.Bustanov
ADTI iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi