alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TALABASI EKANLIGIMDAN FAXRLANAMAN

17:07 02.07.2021

Koreyaning Seul shahrida tug‘ilib o‘sganman. Ota-onam tadbirkor. Bolaligimdan shifokor bo‘lishni orzu qilganman. Ilk ta’limni tibbiyot sohasida boshlab, eshitish qobiliyati past insonlarga miyasida paydo bo‘layotgan xohish istaklarni qabul qiluvchi uskuna yaratib, katta muvafaqqiyatlarga erishdim. Ta’limni nega endi aynan O‘zbekistonda davom ettirdingiz, dersiz? Andijon davlat tibbiyot institutida xorijlik talabalarni o‘qishga qabul qilish va ularga shart-sharoitlar haqida internet orqali xabar topdim. Hozirda shu oliygoh talabasi ekanligimdan faxrlanaman. Chindan ham biz yoshlar uchun, ayniqsa xorijlik talabalar uchun imkoniyat va e’tibor yuqori. Ayniqsa, talabalar turar joyidagi sharoitlar a’lo darajada. O‘zbekistonlik yoshlar qatori meni ham hokim stipendiyasiga loyiq deb topishganidan xursandman. Ota-onam va Koreyadagi do‘stlarim ham eshitib juda quvonishdi. Bu e’tirofga sazovor bo‘lganimdan so‘ng yanada ko‘proq o‘rganishim, izlanishim kerak ekanligini his etdim. Hozirda “Mentorship” loyihasi ustida ish olib boryapman. Bu xalqaro dastur bo‘lib, o‘zbekistonlik va xorijlik talaba-yoshlar uchun tibbiyot sohasida tajriba almashinuv maydoni bo‘ladi. Bunda kasbiy muloqot olib borish bilan birgalikda til o‘rganish uchun dastur bo‘lib xizmat qiladi.

Soo Young Oh Hokim stipendiyasi sohibasi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!