O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamiyatda ayollar va yoshlar faolligini oshirish hamda bandligini ta’minlash borasidagi topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida X.M.Sapioxunova mas’ulligida X.Aliyev, A.Sattorov, D.Yunusovalardan iborat Andijon davlat tibbiyot institutining ishchi guruhi a’zolari viloyatimizdagi Andijon shahri, Paxtaobod, Qo‘rg‘ontepa va Bo‘ston tumanlari Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlariga tashrif buyurdilar.
Ishchi gurhi tashrif davomida texnikumlarda pandemiya sharoitida 2020-2021 o‘quv yilini boshlashga tayyorgarlik bo‘yicha nazorat o‘tkazdilar. Kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha yo‘riknomalar berildi.
Andijon davlat tibbiyot instituti va Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarni mustahkamlash masallari muhokama qilindi.
ADTI axbort xizmati