ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI VA «ILINSK» SHIFOXONASI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI VA «ILINSK» SHIFOXONASI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

19:38 27.09.2024

Ayni kunlarda, Moskva shahrida xizmat safarida bo‘lib turgan Andijon davlat tibbiyot instituti Simulyatsion o‘quv markazi rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Umid Usmonov «Ilinsk» shifoxonasi bilan yaqindan tanishdi.

Tashrifdan maqsad hamkorlik memorandumini tuzish va «Ilinsk» shifoxonasi faoliyati bilan tanishish bo‘ldi. U.Usmonovni bosh jarroh, tibbiyot fanlari nomzodi Mixail Igorevich Viborniy kutib oldi. U mehmonga «Ilinsk» shifoxonasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, mutaxassislar bilan tanishtirdi. “Ilinsk hospital” xayriya jamg‘armasi faoliyati bilan ham tanishildi.

Shundan so’ng, Andijon davlat tibbiyot instituti va «Ilinsk» shifoxonasi bosh direktori Artem Borisovich Gapeev bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tomonlar xalqaro hamkorlik muhimligini qayd etib, tajriba almashish, amaliyot o‘tash, malaka oshirish kurslari, mahorat darslari va ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish bo‘yicha kelishib oldilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!