alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti va Koreya Milliy transport universiteti rektorlari o‘rtasida onlayn kelishuv bo'lib o'tdi.

08:53 09.12.2020

Onlayn muloqotda Andijon davlat tibbiyot instituti va Koreya Milliy transport universiteti o‘rtasida tashkil etilayotgan «Paramedisina» yo‘nalishdagi qo‘shma fakultet masalasi muhokama qilindi. Dastlab ikki OTM rektorlari o’zaro tabriklari almashinuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i tibbiyot fanlari doktori, dotsent K.Z.Salaxiddinov, xalqaro fakultet dekani G.Yaxshiboyeva ishtirok etishdi.

Onlayn muloqot davomida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov va Koreya Milliy transport universiteti rektori doktor Pak Djun Xun  paramedisina yo‘nalishdagi qo‘shma fakultet ta’lim dasturini yaratish masalalari hamda, kutilayotgan natijalar haqida muzokara o’tkazdilar. Shuningdek ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik yo‘nalishlari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdilar.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!