Joriy yilning 13-14-sentabr kunlari, Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Salohiddinov Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘tkazilayotgan “Markaziy Osiyo mamlakatlari oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi”da ishtirok etib qaytdi.
Forum doirasida, Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Maxmadshox Kurbonali Gulzoda bilan muzokara o‘tkazildi va hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Shartnomaga ko‘ra, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy ishlarni rivojlantirish, “Scopus” jurnalida birgalikda maqolalar chop etilish, xalqaro konferensiyalar o‘tkazish, amaliy yozgi maktablarni o‘tkazish, akademik mobillik bo‘yicha kelishib olindi.
Shuningdek, universitet bilan tanishib chiqildi.