alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI VA UNING GERMANIYALIK HAMKORLARI ISHTIROKIDA ONLAYN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

22:27 23.05.2023

Joriy yilning 23-may kuni Germaniya hamkorlik tashkiloti (GIZ)ning O‘zbekistondagi koordinatorlari, Andijon davlat tibbiyot instituti hamda Rostok universiteti professorlarining Zoom platformasi orqali uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i F.Rasulov ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida Tibbiyot biotexnologiyasi yo‘nalishida magistratura bosqichiga qabul jarayonlarini tashkil etish, Uro-Onkologiya sohasida yangi loyihani yo‘lga qo‘yish, amalda davom etayotgan Endo-Urologiya bo‘yicha grant asosida institutimizga Germaniyadan zamonaviy Endoskoplarni olib kelish masalalari muhokama qilindi.

Institut rektori Rostok universiteti delegatsiyasini sentabr oyida institutimizga taklif etdi. Shuningdek, joriy yilning 26–27-may kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston-Germaniya tibbiyot forumi” doirasida institutning GIZ va Rostok universiteti bilan avval imzolangan memorandum shartnomalarini yangilash taklifini berdi va bu germaniyalik hamkorlarimiz tomonidan ma’qullandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!