alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti va Ural davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida ikki tomonlama istiqbolli shartnoma imzolandi

14:31 09.07.2020

Bugun Andijon davlat tibbiyot instituti va Ural davlat tibbiyot universiteti ma’muriyati o‘rtasida onlayn muloqot o‘tkazildi.

Qo‘shma dastur asosida talabalar qabul qilish masalalarini muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan onlayn muloqotda Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan institut rektori M.M.Madazimov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Sh.Arziqulov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salahiddinov, o‘quv bo‘limi boshlig‘i Q.Yusupov  Ural davlat tibbiyot universiteti tomonidan esa universitet rektori O.P.Kovtun, istiqbolli rivojlantirish va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor M.A.Flyagin, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha prorektor T.V.Borodulina, xalqaro ta’lim va hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i D.S.Chechixin, xorijiy talabalar dekanati dekani K.A.Mitrafanova ishtirok etdi.
Ikki oliy ta’lim dargohi rahbariyatining onlayn uchrashuvida dastlab  Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimov hamkor oliy o‘quv yurti ma’muriyatini o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan tabrikladi, yangi o‘quv yiliga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Shundan so‘ng institut xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salahiddinov qo‘shma dastur asosida Ural davlat tibbiyot universiteti bilan pediatriya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr yo‘nalishiga talabalar qabul qilish yuzasidan imzolanishi ko‘zda tutilgan shartnoma bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot institutining takliflari bilan tanishtirib o‘tdi. Ikki tomon qo‘shma dastur asosida qabul kvotasi, hujjatlar qabul qilish, ta’lim jarayonini tashkil etish yuzasidan fikr-mulohazalar, takliflarini bildirdilar.
Samimiy onlayn muloqot davomida  Ural davlat tibbiyot universiteti rektori O.P.Kovtun Andijon davlat tibbiyot instituti bilan ilmiy, o‘quv-uslubiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, talabalar almashinuvi, shifokorlar, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti va Ural davlat tibbiyot universiteti rahbariyatining onlayn muloqot tantanali marosim – qo‘shma dastur asosida pediatriya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr yo‘nalishiga talabalar qabul qilish yuzasidan ikki tomonlama sharnomaning imzolanishi bilan yakunlandi.

Andijon davlat tibbiyot instituti va Ural davlat tibbiyot universiteti rahbariyati o‘rtasida o‘tkazilgan onlayn muloqot oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik kelajakda yanada istiqbolli ekanligini ko‘rsatdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!