Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI VA URAL FEDERAL UNIVERSITETI O’RTASIDA HAMKORLIK SHARTNOMASI IMZOLANDI

11:10 05.11.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti va Rossiya Federatsiyasining Ural Federal Universiteti bilan “Biomeditsinadagi nanotexnologiya”lar mavzusida oʻtkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.

Institutimizga “QS World University Rankings”  dunyo reytingida 335-oʻrinni egallagan Rossiya Federatsiyasining eng koʻzga koʻringan universitetining ilmiy ishlar prorektori, fizika-matematika fanlari doktori, professor A.Germanenko hamda biologiya fanlari doktori, professor, tibbiy biokimyo va biofizika kafedrasi mudirasi I.Danilova tashrif buyurdi.

Tashrif chogʻida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.Madazimov hamda UrFU Ilmiy ishlar prorektori, professor A.Germanenkolar oʻzaro hamkorlik shartnomasini imzoladilar. Shartnomaning asosiy maqsadi kursantlar hamda talabalarga, pedagog-oʻqituvchilarga seminar (vebinar) darslar oʻtish, amaliy darslarda qatnashish boʻlibgina qolmay,  ilmiy hamkorlik masalalari asosiy oʻrinni egalladi. Yaʼni kasalliklarni nafaqat klinitsist nuqtai nazaridan, balki eksperimental mutaxassis tekshirish yoʻllari bilan isbotlash, klinitsist va eksperimentator oʻzaro hamkorligi yanada koʻproq foyda berishiga kelishib olindi. Bundan tashqari UrFU tomonidan bizdagi oʻsadigan dorivor oʻsimliklar  tarkibini aniqlash, qoʻshimcha moddalar bilan boyitish yoʻli orqali yangi biologik faol dorivor preparatlar yaratish koʻzda tutilmoqda.

Andijon davlat tibbiyot instituti Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining Ichki kasalliklar, Kardiologiya va Tez tibbiy yordam kafedrasi, qolaversa fakultetning boshqa kafedralari pedagog-oʻqituvchilari hamda kursantlari, Biologik fizika, Informatika va tibbiy texnologiyalar kafedrasi, Tibbiy kimyo va biologik kimyo kafedrasi pedagog-oʻqituvchilari, talabalariga besh kun davomida maʼruzalar, seminar(vebinar)lar hamda amaliy darslar oʻtildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!