alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI XALQARO GRANT LOYIHASIDA O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI

19:41 03.04.2023

Joriy yilning, 29–30-mart kunlari “Islom Karimov” nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida Erasmus+ “Oliy taʼlimda salohiyatni oshirish-SBHE” yo‘nalishi doirasida «I2-PLEDGE: Biotibbiyot muhandisligi bo‘yicha innovatsion va fanlararo dasturlarni O‘zbekistondagi talabalarning ishga joylashishi uchun raqamli o‘sish dasturidan foydalanish» loyihasi ishtirokchilaring dastlabki uchrashuvi tashkil etildi. Ushrashuvga Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Sharlotta Adrian, Erasmus+ Milliy ofisi koordinatori Aziza Abdurahmanova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining masʼul xodimlari Yevropaning 2 ta universiteti, 1 ta malaka oshirish markazi va O‘zbekiston Respublikasining 7 ta oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Loyiha sohasidagi hamkor taʼlim muassasalari: Laquila universiteti (Italiya), G‘arbiy Makedoniya universiteti (Gretsiya), Epimorfotiki Kilkis xalqaro malaka oshirish markazi (Gretsiya), Toshkentdagi Turin politexnika universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent davlat texnika universiteti, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Toshkent axborot texnologiyalar universitetining Urganch filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialidir.

Loyiha koordinatori tomonidan loyihalarni boshqarish bo‘yicha barcha muhim maʼlumotlar, loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar va EASEA vakillarining so‘nggi yangiliklarini taqdim etildi. Uchrashuvlar davomida moliyaviy masalalar, har bir oliy taʼlim muassasasining loyihadagi o‘rni, ish to‘plamlari, bo‘lajak tadbirlar rejasi, natijaga erishish muhimligi kabi masalalar ham muhokama qilindi. Andijon davlat tibbiyot instituti  Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori K.Salohiddinov va bir guruh institutimiz vakillari ham institut haqida va loyihaga qo‘shilajak hissalari haqida taqdimot o‘tkazdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!