Yozgi ta’til nihoyalash arafasida, oliy ta’lim muassasalarini bitirgan yosh mutaxassislar o‘z ish faoliyatini boshlash, 1-bosqichga qabul qilingan talabalar esa katta maqsadlar tomon dadil qadam tashlash arafasida.
Andijon davlat tibbiyot instituti esa talabalarni qabul qilish, ularga zamonaviy ta’lim standartlariga mos, jahon andozlari asosida ta’lim berishga shay.
Institutning asosiy o‘quv binosida ilmiy kengashlar zali, axborot texnologiyalar markazi, Simulyatsiya markazi, ma’ruza zallari, Axborot resurs markazi hamda o‘quv xonalari mavjud bo‘lib, barcha xonalar 2024/2025-o‘quv yilini boshlash uchun tayyor holatga keltirilgan.
Zamonaviy tibbiy ta’lim jihozlari talabalarga nazariy bilimlarni amaliyotga bog’lagan holda boyitish, imkonini bersa, axborot texnologiyalar hamda axborot resurs markazlari ularning qo‘shimcha izlanishlariga ko‘maklashadi.
O‘quv xonalari va ma’ruza zallari zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilan ta’minlangan.