Andijon davlat tibbiyot instituti yosh volontyorlar jamoasining navbadagi manzili Andijon shahrining Yangi bozor hududidaga “Xolis” savdo majmuasi bo‘ldi.
Targ‘ibot aksiyasi davomida ko’ngilli yoshlar fuqarolar bilan suxbatlashib aholi o’rtasida ko’p uchraydigan kasalliklarning oldini olish bo’yicha tushuntirish ishlarini o’tkazdilar.
Karantin davrida niqob bilan yurishni va gigiyenik qoidalarga amal qilish to’g’risida tushuntirildi. Sotuvchilarga, xaridorlarga gigiyenik ma’lumotlar hamda kornonavirus belgilari va uning oldini olish haqida ma’lumotlar jamlangan bukletlarni tarqadtilar.
Andijon davlat tibbiyot instituti yosh volontyorlari tomonidan Koronavirus infeksiyasini oldini olish borasidagi targ‘ibot ishlari faol davom ettirilmoqda.
ADTI Yoshlar ittifoqi